biy
bilan ulashing
1. tarixiy Qabilaning yoki qabilalar ittifoqining boshligʻi, toʻrasi; koʻchmanchi yoki yarim koʻchmanchi turkiy xalqlarning urugʻ oqsoqoli.
-
Xon bilganni biy bilar, Soʻzlaguday haddi yoʻq. Maqol
-
Izlaganim biyning qizi, Jonim singlim, xush qol endi. Alpomish
-
Yana katta-kichiklarni yigʻib, nomdor biylardan oʻn kishini Boysarini olib kelgani yubordi. Alpomish
2. Yuqori martabali kishilarni ulugʻlash uchun ishlatilgan soʻz yoki ularga berilgan unvon.
-
Siz ulugʻ martabali mehmondoʻst Gʻijduvon begi Norboʻtabiy binni Shodibekka yetib maʼlum boʻlsinki. M. Joʻraboyev, M. B. martabasi
3. (q. Qozoqlarda va qirgʻizlarda: oqsoqol oqsoqol 2).
-
Men umrimda toʻrt xon koʻrdim, Talay biy koʻrdim. Mirtemir
Tanasining uzunligi 3,5 santimetrgacha boʻlgan, uzun sariq tuk bilan qoplangan zaharli katta oʻrgimchak.
-
Darvoqe, zaharli biy ham oʻz avlodlarini xuddi shu tarzda tashqi dushmandan himoya qiladi. Fan va turmush
-
Pilladan endigina chiqqan biychalar darhol ona biy ustiga gʻuj-gʻuj boʻlib joylashib oladi. Fan va turmush
biy soʻzi qatnashgan jumlalar:
Biy dala
-
Biy dalada oʻzimizni sovuqqa oldirmaslik uchun belkurak bilan okopni chuqurroq qazirdik. B. Imomov. Hormang, quroldoshlar
-
Kuni kecha oʻt qovjirab yotgan biy dalada bir necha soat mobaynida azim bino qad koʻtarmoqda. Gazetadan
BIY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БИЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
biy so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan BIY so‘ziga berilgan ma’nolar
biy so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar