bolg‘a
bilan ulashing
1. Mix qoqish, narsalarni urish, tekislash, egish yoki bukish kabi ishlarda qoʻllanadigan, yogʻoch yoki temir dastali asbob.
-
Ostonada munkayib oʻtirgan chol yonboshiga qoʻyib olgan paqirdan qiyshiq-qingʻir mixlarni olib, bolgʻa bilan toʻgʻrilardi. S. Ahmad, Jimjitlik
-
Uning [Zamonning] bir qoʻlida mushuk kallasiday kaltasop bolgʻa, bir qoʻlida temir pona. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
2. tex. Metallarga, umuman narsalarga zarb bilan ishlov beradigan ogʻir mexanizm.
-
Bir qoziqning yerga kirishi qiyin boʻldi, motorni boshqarayotgan yigit bolgʻani ancha yuqoridan tashladi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina
BOLG‘A so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БОЛҒА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bolg‘a so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar