boyagi
bilan ulashing
Boya, hali sodir boʻlgan, boya yuz bergan, koʻrilgan, eshitilgan; haligi.
-
Zokir ota xolaning boyagi shikoyatini eslab, koʻnglidagi gapni aytolmadi. Guldasta
-
Anvar kuldi. Ammo bu kulish uning boyagi kulgilaridan tamoman boshqa, yaʼni baxtiyorlik kulgisi edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Yomgʻir boyagidan ancha tezlashgan boʻlsa.-da, osmon yorisha boshlagan edi. S. Karomatov, Oltin qum
boyagi soʻzi qatnashgan jumlalar:
Boyagi-boyagi — boyxoʻjaning tayogʻi
-
[Olimning] Boshini ikkita qilib qoʻyishsa, ochilar degan edim, boyagi-boyagi — boyxoʻjaning tayogʻi. H. Nazir, Qanotlar
Boyagi-boyagi(day)
-
Butun oila aʼzolari uch kungacha bir-birlariga toʻrsayishib yurishdi. Roʻzgʻorchilik emasmi, yana boyagi-boyagi boʻlib ketishdi. S. Ahmad, Saylanma
-
Barvasta yigit boyagi-boyagi sipolik bilan iljaydi. Yoshlik
BOYAGI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БОЯГИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
boyagi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar