boy
bilan ulashing
1. Mol-dunyosi, davlati, boyligi koʻp; badavlat, davlatmand.
-
Boy odam. Faqir piyoda yurar. Boy — tuyada. Maqol
-
Chorakor choraklab olar, boy akam — botmonlab. Maqol
-
Xoʻjayinning dadasi katta boy edi, mol-mulkni behad yiqqan edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Yoshligimda boylar eshigida qarol-lik qilganman. Gazetadan
2. Iqtisodiy jihatdan mustahkam, hech narsadan kamchiligi, muhtojligi yoʻq; toʻkis, badavlat.
-
Yurt boy boʻlsa, uning bozori ham toʻkin boʻladi. U. Normatov, Talant tarbiyasi
-
Biz boy ekanmiz, deb qazilmalarning kulini koʻkka sovurdik. Fan va turmush
3. (koʻpincha joʻnalish kelishigidagi soʻz bilan). Tarkibida, bagʻrida kerakli va foydali narsalar koʻp, moʻl.
-
Temirga boy ruda. Yeri boyning eli boy. Maqol
-
Oʻzbekiston zamini ham maʼdanlarga boy. Fan va turmush
-
Bular ham dorivor moddalarga boy, ham ozuqabop oʻsimliklardir. Fan va turmush
-
Jiyda gulining atirga boy hidi ufurib turibdi. X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
4. Biror narsasi, jihati, xususiyati yetarli darajada, toʻla-toʻkis, bekam-u koʻst.
-
Boy til. Boy tajriba. Boy kutubxona.
-
Otasi oʻzining boy kutubxonasi bilan bejiz faxrlanmasdi. K. Yashin, Hamza
-
Iskandar havas va taajjub bilan binolarga, boy jihozlarga, ayniqsa nozik sanʼat buyumlariga, eshik va derazalarga nazar tashlab qoʻyardi. Oybek, Nur qidirib
-
Oʻtgan har bir kun serzavq, sermazmun, turli voqealarga boy boʻldi. Gazetadan
-
Uning xotirasi hayratda qolarli darajada boy va tiniq edi. Gazetadan
5. s.t. shv. (odatda egalik qoʻshimchalari bilan) Er; turmush oʻrtogʻi.
-
Boyim uyda yoʻq edilar. Och kishi moy tanlamas, qari qiz boy tanlamas. Maqol
-
Aylanayin boyimdan, Kishnoqi shu toyimdan. Boychechak
-
Man bildim: ammamning boyi oʻlibdi, Bilsang, ammam yesir boʻlib qolibdi. Intizor
6. Boylarga murojaatda yoki ular haqida soʻz borganda, ularning nomi oʻrnida yoki nomiga qoʻshib ishlatiladi.
-
Boy ota! Bu gapni bir aytdingiz, yana qaytib gapirmang! Hamza, Boy ila xizmatchi
-
Xushxabarlar mana endi janobingizdan boʻladi-da, boy pochcha. Hamza, Paranji sirlari
-
Nihoyat, ichkari hovli eshigi taraq etib ochilib, Mirodilboy koʻrindi. U. Ismoilov, Saylanma
7. Kishi ismining tarkibiy qismi boʻlib keladi:
-
Boltaboy. Teshaboy, Joʻraboy.
boy soʻzi qatnashgan jumlalar:
Boy kasal
-
Dard degan narsa anoyi bemorni topsa, tanasidan chiqmay oʻtirib oladi. Shuning uchun ham ogʻrigʻining tayini yoʻq bemorlarni boy kasal deyishadi. Mushtum
Boy bermoq
-
Boy berilgan ishga pushaymon boʻlishdan foyda yoʻq. N. Safarov, Hayot maktabi
-
Mening boy beradigan narsam yoʻq, akasi, boy berib boʻlganman. A. Muxtor, Asarlar
-
Qulay fursatni boy bermoq.
-
Shu gʻanimat paytni boy bersak, paxta haqida oʻylashning hojati ham qolmaydi. S. Ahmad, Hukm
-
Qanday toʻgʻri kelsa, shunday yashashlik — umrni boy berishlikdir. Gazetadan
Sir(ni) boy bermoq
-
Sir boy berding — bosh boy berma. Maqol
-
Boʻtaboy endi qoʻrqib ketdi, lekin sir boy bermadi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
U sap ogʻrindi, lekin sir boy bermadi. M. M. Doʻst, Lolazor
BOY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БОЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
boy so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar