dastlabki
bilan ulashing
1. Eng avval yuz bergan, eng avvalgi, boshlangʻich, birinchi.
-
Dastlabki kezlar. Dastlabki kunlar.
-
Yozning dastlabki kunlarida ufqlarga choʻzilgan kengliklar yashil tusga kirgandi. Gazetadan
-
Bogʻ koʻzga koʻrinib qolgan, dastlabki koʻchatlar hosilga kirgan edi. T. Ashurov, Oq ot
-
Bu — Umidning hayotidagi dastlabki gʻalaba edi. Mirmuhsin, Umid
2. Birinchi galdagi, birinchi navbatdagi.
-
Dastlabki vazifalar.
-
Binokorlar qisqa fursatdayoq dastlabki turkum ishlarni uddalab ulgurishdi. Gazetadan
3. Birlamchi; xomaki.
-
Dastlabki tekshirish. Dastlabki ishlash.
-
Bu dastlabki ov-mashq edi, albatta. Yoshlik
-
Dastlabki maʼlumotlarga qaraganda, 35 kishi tirik qolgan. Gazetadan
-
Texnikumda tolali ekinlar mahsulotini dastlabki ishlash uchun texnologlar tayyorlanadi. Gazetadan
DASTLABKI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДАСТЛАБКИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dastlabki so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar