dastmoya
bilan ulashing
1. Savdo-sotiq ishlarida aylantirib turiladigan va oʻsha asosda foyda koʻriladigan dastlabki asosiy mablagʻ.
-
Otam kuyovdan olgan qalin pulini dastmoya qilib, kosiblik — mahsidoʻzlik bilan shugʻullanadi. H. Nosirova, Men oʻzbek qiziman
-
Mehtarxon singari katta savdogarlar dastmoya berib, Hindiston va Eron bilan savdo-sotiq qilar edi. M. Osim, Karvon yoʻllarida
2. so‘zlashuv tili Bisotdagi, peshonadagi bor-yoʻq narsa.
-
Uning dastmoyasi — shu bitta ketmoni.
-
[Rafiq Midhatga:] Yozaver Zang bosib qolmasin. Dastmoyani ishga sol. Z. Said, N. Safarov, Tarix tilga kirdi
-
— Bularniyam topgan dastmoyasi nuqul ashula ekan-da! — Asom buva qalampir yegan kabi aftini bujmaytirdi. X. Sultonov, Bir oqshom ertagi
3. koʻchma s.t. Biror ish-harakat uchun vosita, dastak, bahona boʻlgan narsa; roʻkach.
-
Bultur ishimning oʻngidan kelmagani bu yil sizga dastmoya boʻlib qoldimi! N. Safarov, Oliyaxon Sultonova
-
Gʻiyosiddin ikkita meshni dastmoya qilib, rastalarda obi xudoyi deb, meshkobchilik qilib yuribdi. S. Ahmad, Hukm
dastmoya soʻzi qatnashgan jumlalar:
Dastmoyasidan ayrilmoq
-
Hisobini bilmagan dastmoyasidan ayrilar. Maqol
DASTMOYA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДАСТМОЯ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dastmoya so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar