bog‘la
bilan ulashing
1. Bogʻ, tugun solib ulamoq, payvasta qilmoq; biriktirib turmoq.
-
Iplarning uchini., bogʻlab uzaytirmoq. Botinkaning ipini bogʻlamoq. Qopning ogʻzini bogʻlamoq. Yuz qopni bogʻlab boʻlar, Yuz ogʻizni bogʻlab boʻlmas. Maqol
-
Qoʻlidagi oʻtni yerga tashlab, tuflisi bogʻichini qisibroq bogʻla-di. Yoshlik
2. Arqon, zanjir, ip va shu kabilar vositasida biriktirib, chandib, tangʻib, oʻz joyidan jilmaydigan, qimirlamaydigan, nari ketmaydigan qilib qoʻymoq.
-
Qoʻyni bogʻlab boqmoq. Kaptarning qanotlarini bogʻlamoq.
-
Anvarni koʻrsangiz hech narsaga qaramay, qoʻlini bogʻlangiz. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Molxona oldidagi gulini toʻkkan gilosga bogʻlab qoʻyilgan kattakon ola sigirga koʻzim tushdi. Oʻ. Hoshimov, Ikki eshik orasi
-
Fazliddin otni ildam chiqarib, daraxtga bogʻladi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. koʻchma Biror yerdan yoki kishidan ayrilmaydigan qilib qoʻymoq.
-
Taqdir ularni bir-biriga mahkam bogʻladi.
-
Sharofat Sidiqjonni bu yerga bogʻlagan narsani yaxshi-lab bilmoqchi va shunga qarab tosh qoʻymoqchi boʻldi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
4. Bogʻich yoki biror boshqa narsa vositasi bilan biriktirmoq yoki tirkamoq, osmoq.
-
Ahmadjonning orqasiga bogʻlab olgan sumkasiga mina parchasi teggan edi. A. Qahhor, Oltin yulduz
-
Iloji boʻlsa, meni ot dumiga bogʻlab, poyga qilsalar. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
-
Olmos poʻlat bogʻlab men ham belimdan, Dev izlab chiqqanman oʻsgan elimdan. Malikayi ayyor
5. Toʻplab, dastalab, belidan bogʻ solmoq, bogʻ solib tugmoq, dastalamoq.
-
Pichan bogʻlamoq. Piyoz bogʻlamoq.
6. Oʻrab tangʻimoq, oʻramoq, taqmoq.
-
Roʻmol bogʻlamoq. Kamar bogʻlamoq. Galstuk bogʻlamoq.
-
Boshiga oq doka roʻmol bogʻlagan, rangi zahil bir ayol koʻrindi. N. Aminov, Qahqaha
-
Juvon eshikdan kirishi bilan bularni koʻrib, bir toʻxtadi-yu, durrasini qayta bogʻlab, toʻgʻri supa tomonga keldi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
7. Ogʻriq yerni ehtiyotlash, davolash maqsadida dori-darmon qoʻyib yoki shundayligicha oʻrab, chandib, tangʻib qoʻymoq.
-
Yarani bint bilan bogʻlamoq.
-
U biror hafta kasal-xonada yotib chiqqandan keyin, bir necha kun lunjini bogʻlab yurdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Boshimga sassiq bir suyuq doridan chaplab, roʻmol bilan tangʻib bogʻlab qoʻydi. E. Raimov, Ajab qishloq
-
Tik turgancha barmogʻimga yod surkab, bint bilan tangʻib bogʻladi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
8. koʻchma Yoʻl-yoʻriq koʻrsatish, yordam berish uchun birkitmoq, biriktirib qoʻymoq.
-
Boshqarma bizga keksa ishchilardan bogʻlab qoʻysin. A. Muxtor, Tugʻilish
-
Raisning koʻngliga kelmasin, deb mashinasiga ham tegmadi, shofyorni Mirzaahmad akaning eshigiga bogʻlab qoʻydi. Oʻzi shaloq aravada togʻ-u tosh kezib yuribdi. S. Siyoyev, Otliq ayol
9. Boʻgʻib, toʻsib, kerakli tomonga yoʻnaltirmoq (suvni).
-
Ekinlarga suv bogʻlamoq. Suvni bogʻlaguncha, ariq och. Maqol
-
Suvni kim bogʻladi, toʻgʻonni kim koʻtardi? N. Safarov, Tanlangan asarlar
-
Sulton Sanjar Moziy oʻylab, shu daryoni bogʻlashga qaror qilibdi. Ertaklar
10. Oʻzida biror narsa paydo qilmoq; yigʻmoq, toʻplamoq.
-
Yara fasod bogʻladi.
-
Barkashda sharbat bogʻlab ketgan anjir, oltin singari husayni uzum va shaftoli bor edi. N. Safarov, Vodillik qahramon
-
Bogʻ va polizlarda taʼrifi yoʻq ming xil noz-u neʼmatlar shakar bogʻlaydi. S. Azimov, Oppoq tong qoʻshigʻi
11. koʻchma Uzviy ravishda birlashtirmoq, birga qoʻshmoq, ulamoq.
-
Taʼlim-tarbiya ishlarini hayot bilan bogʻlamoq.
-
Mehnat bilan muhabbatni bogʻlagin, Soʻngra harna tilak boʻlsa chogʻlagin. Habibiy, Devon
12. Uzviy bogʻlanish, munosabat asosida bir-biriga qoʻshmoq, daxldor qilmoq, ulamoq, biriktirmoq.
-
Ikki fikrni oʻzaro bogʻlamoq. Soʻzlarni bogʻlab gap tuzmoq.
-
Chol asl maqsadini unutib, ancha gaplarni aytib yuborganini oʻzi ham sezib qoldi-da, soʻzining oxirini yana echkiga bogʻladi. S. Ahmad, Hukm
-
Navroʻzni dinga bogʻladik. Holbuki, bu bayramning islom diniga mutlaqo aloqasi yoʻq edi. Gazetadan
bog‘la soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ipsiz bogʻlamoq
-
[Qudrat Mirza-qulga:] Dehqonlarni ipsiz bogʻlamoqchilar deng! Ularni yerga bogʻlab, qul qilmoqchilar deng! N. Safarov, Uygʻonish
-
— Bizni hokim Teshaboyga ipsiz bogʻlab ketdi, — dedi Qudrat. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Shu yerda turing, hozir kelaman, deb bizni ipsiz bogʻlab ketdi.
Supurgi bogʻlamoq
-
[Yoʻlchi] Savatni anhor boʻyida supurgi bogʻlab oʻtirgan bir kishiga omonat tashlab, bozorga gʻizilladi. Oybek, Tanlangan asarlar
Shira bogʻlamoq
-
Hozir Sheroziyning ovozi ayni shira bogʻlagan payt. Dongʻi Xorazmga tarqalgan. J. Sharipov, Xorazm
Yogʻ bogʻlamoq
Toʻr bogʻlamoq
Aloqa bogʻlamoq
-
Paxtakor bilan aloqa bogʻlamagan seleksiyachining ho-liga voy! U poʻpanak bosib yotaveradi. Mirmuhsin, Umid
-
Shoir haramdagi kanizaklarning biri bilan aloqa bogʻlagan ekan. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
Baxtini bogʻlamoq
-
Taqsir, qizning baxtini bogʻlab qoʻymang, kuyovga bering. Oltin beshik
Bel bogʻlamoq
Boshini bogʻlamoq
Bogʻlab olmoq
-
Nozli nigohlaring kerakmas sening, Bogʻlab olarman deb endi oʻylama. Mirtemir
-
Aziza azbaroyi bola deb koʻzi uchib turgandan emas, bir amallab Yodgorni bogʻlab olish uchun bolali boʻlishni xohlardi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Bas, sen ham nega oʻgʻlingning koʻnglini Zaynabga xippa qilib bogʻlay olmading? A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Yoʻlini bogʻlamoq
-
— Voy, oʻqisin, otin boʻlsin, aylanay, uning yoʻlini bogʻlab qoʻyganimiz yoʻq, — dedi Oʻgʻil xola Ahmedovaga chimirilib. T. Alimov, Sovchi
-
Bilmayman, yoʻlingni yana kim bogʻlar, Gulingni begona aylama, bulbul. Qoʻshiqlar
Koʻsak (yoki dovuchcha) bogʻlamoq
-
Gʻoʻzalar endi shonalab, koʻsak bogʻlab kelayotgan bir mahalda shahar paxta zavodlariga paxta tashilishi Gʻulomjonni ajablantirmadi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Oʻtgan yili aprel oyining oxirlari, oʻriklar allaqachon dovuchcha bogʻlab boʻlgan payt edi. Gazetadan
Muhabbat bogʻlamoq
-
Muhabbat bogʻlading [Navoiy], Mehnatkash elga mehribon boʻlding. Habibiy, Devon
Tilini (yoki til-jagʻini) bogʻlamoq
-
Latofat shu paytgacha tilini bogʻlab turgan alla-qand ay kuchni yengib, tez gapira boshladi. O. Yoqubov, Mirzaterak
-
Xotinining bu gapi Boʻtaboyning jon-jonidan oʻtib ketdi, lekin bundagi kuchli mantiq tilini bogʻladi-yu, hech narsa deya olmadi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Biroq qizi tushgurning husnimi, shirin soʻzlarimi, har qalay, Gʻiyosiddinning til-jagʻini bogʻlab, qulogʻini kar, koʻzini koʻr qilib qoʻygan edi. S. Ahmad, Hukm
Umid bogʻlamoq
-
U menga katta umid bogʻlagan edi, bari puchga chiqdi. J. Abdullaxonov, Oriyat
-
Yangi saylangan deputatlar faoliyatiga, ularning halol va fidokorona mehnatiga hamma umid bogʻlayapti. Gazetadan
Qanot bogʻlamoq
-
Hovlidagi dasturxon tevaragida tekin ovqat topilgan joyga qanot bogʻlab uchib boradigan Zagʻchakoʻz domla, Tojiboy, oqsoqol oʻtirar edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Salomat bu qishloqqa yoshligini qoʻmsagan kezlarda goʻyo qanot bogʻlab uchib kelishni istamasmidi? S. Ahmad, Hukm
Qoʻl bogʻlamoq
-
Qoʻrgʻon ustida yasov tortgan qahramonlar qoʻl bogʻlab taʼzim bilan Azizbekni ilgariga oʻtkaza boshladilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Xon taxtda edi. Oʻng taraf kursida Abdurahmon oftobachi va soʻlda shoir mulla Niyoz domla qoʻl bogʻlab oʻtirar edilar. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
Qoʻl-oyogʻini (yoki oyoq-qoʻlini) bogʻlamoq
-
Agar qoʻl-oyogʻimni bogʻlab berishganda ham, bari bir, toʻyni azaga aylantiraman. S. Zunnunova, Koʻk chiroqlar
-
Nasibaning oyoq-qoʻlini bogʻ-lagani Huzurjonovga siz arqon eshib berdingiz. A. Qahhor, Asarlar
BOG‘LA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БОҒЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bog‘la so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar