bog‘lan
bilan ulashing
1. Bogʻlamoq 1-9, 11, 12 feʼllarining majhul nisbati.
-
Beliga qoʻsh belbogʻ bogʻlangan.
-
Umid — parvozga otlangan lochin, umidsizlik — oyoqqa bogʻlangan tosh. Shukrullo, Javohirlar sandigʻi
-
Qiz va yigit bundan qariyb ikki yil burun bir-birlariga samimiy muhabbat bilan bogʻlangan edilar. Oybek, Navoiy
2. Bogʻlamoq 1, 2, 11, 12 feʼllarining oʻzlik nisbati.
-
Ipning uchi bogʻlanib qolibdi. Ular bir-biriga bogʻlanib qolgan. Yuqori idoralar bilan bogʻlanmoq.
-
Laylo vafotidan keyin men ularning oilasiga qattiq bogʻlanib qoldim. M. Qoriyev, Oydin kechalar
3. Biriktirib qoʻyilmoq.
-
Gulnoz bugungi qabulini tugatib, oʻziga bogʻlangan mahallani aylanishga borishga otlandi. H. Gʻulom, Toshkentliklar
bog‘lan soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bogʻlangan qoʻshma gap
-
Oʻzaro teng bogʻlovchilar yordami bilan bogʻlangan sodda gaplardan tuzilgan qoʻshma gap bogʻlangan qoʻshma gap deyiladi. Oʻzbek tili darsligi
Ipsiz bogʻlanmoq
-
Anvar ipsiz bogʻlanib, ikki oyogʻi polga mixlab qoʻyilganday, na u yoq, na bu yoqqa yurolmay, hushini yoʻqotib qoʻygan edi. Z. Fatxullin, Soʻnmas yulduz
Tili bogʻlanmoq
-
Tillari bogʻlanib, aqldan shoshdi, Alami Toʻlabning haddidan oshdi. Gulixiromon
Qoʻli bogʻlanib qolmoq
-
Kosib chorshanba kuni bozor qilmasa, bir haftagacha qoʻli bogʻlanib qoladi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Oraga qalin masalasi tushdi-yu, qoʻli bogʻlandi. Sharq yulduzi
BOG‘LAN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БОҒЛАН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bog‘lan so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan BOG‘LAN so‘ziga berilgan ma’nolar
bog‘lan so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar