bog‘liq
bilan ulashing
1. Bogʻlab qoʻyilgan, bogʻlangan, bogʻlogʻlik.
-
Bogʻliq ot. Hunarsizning qoʻli bogʻliq. Maqol
-
Razzoq buqachining iti yovvoyi jiydaga oyogʻidan bogʻliq turardi. S. Ahmad, Jimjitlik
2. Biror jihatdan, masalan, tobelik yoki aloqadorlik munosabati bilan uzviy ravishda bogʻlangan; aloqador.
-
Tegirmonning aylanishi yukiga bogʻliq. Maqol
-
Har bir narsadan katta xulosalar chiqarish shoirning aql ufqi kengligiga bogʻliq. Shukrullo, Saylanma
-
Umrning darozligi ham nasl-u nasabga bogʻliqdir. Sharq yulduzi
bog‘liq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Boshi bogʻliq
-
baʼzi yigitlar Norbuviga odam qoʻyishdi. Biroq Norbuvi ularning hammasiga ham bir xil — ikki ogʻiz soʻz bilan javob qaytarardi: Boshim bogʻliq. H. Shams, Dushman
-
Gulnoz Yoʻldoshga unashildi, endi boshi bogʻliq. H. Gʻulom, Toshkentliklar
maxs. Arava gʻildiragining toʻgʻin uchlarini biriktirib tutib turadigan qoʻshaloq kegayi.
sheva Shox-shabba, beda, bugʻdoy, sholi kabi chochiq narsalarni yigʻib bogʻlash uchun oʻsha narsalarning oʻzidan yoki novda, poxol kabilardan eshilgan bogʻ; belbogʻ.
BOG‘LIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БОҒЛИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bog‘liq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan BOG‘LIQ so‘ziga berilgan ma’nolar
bog‘liq so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar