butla
bilan ulashing
1. Chalasini, kamini, yetmaganini toʻldirmoq, rasolamoq, bekam-u koʻst qilmoq.
-
Agar boshqa odam boʻlganda, Mahmudaga toʻgʻri yoʻl koʻrsatar, roʻzgʻorini but-lab olishni oʻrgatardi. Gazetadan
-
Mamadalijon, manam dunyoyi boumid, Ahmadxoʻjam bilan Hamzaxoʻjamga bisot yigʻib, toʻy anjomini butlab qoʻyganman. N. Safarov, Olovli izlar
2. koʻchma Kiyintirmoq, yasantirmoq.
-
Xotinga hurriyat — qornini toʻygʻizish va egnini butlashdir. Mushtum
-
Olamning egnin butlash — Oʻzbekda shudir matlab A. Oripov, Yillar armoni
3. Butunlamoq; birlashtirmoq.
-
Kech boʻlsa-da, ikki siniq koʻngil butlandi. Saodat
BUTLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БУТЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan BUTLA so‘ziga berilgan ma’nolar
butla so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
butla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar