buvi
bilan ulashing
1. Otaning yoki onaning onasi.
-
Mungli koʻzlari mehrga toʻla bu nozik kampir Shukurovga marhum buvisini eslatdi. O. Yoqubov, Diyonat
-
Bola buvisiga talpindi. Saodat
2. sheva Ona, oyi.
-
— Yigʻlamang, buvi, xudoning irodasi, — dedi Gʻulomjon, bunday gaplar onasining qalbiga malham boʻlmasligini bilsa ham. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
3. Tilga olinayotgan kishi ismidan keyin kelib, shaxsning keksaligini, unga yaqin-lik, hurmatni ifodalaydi.
-
Gulsum opa idoradan chiqib, toʻgʻri Mohira buvinikiga ketdi. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
-
Niso buvi, eri oʻlib, ikkita yosh qizi bilan qoldi. A. Qahhor, Asarlar
BUVI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БУВИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
buvi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar