chambarak
bilan ulashing
1. ot Kosa, tovoq va shu kabilarga narsa solib osib qoʻyish uchun simdan, novdadan va egiluvchan materiallardan yasalgan halqa.
-
Kechqurun sogʻilgan sutni dokada suzib olinadi va maxsus sopol idishga quyib, chambarakka osib, sal-qin joyga olib qoʻyiladi. K. Mahmudov, Oʻzbek tansiq taomlari
2. sifatdosh Gʻildirak, doira shaklidagi; doiraviy.
-
Choyxonachi koʻkqargʻa shoyi chorsini chambarak qilib tangʻigan Zulun Chayirga im qoqdi. Q. Kenja, Notanish gul
chambarak soʻzi qatnashgan jumlalar:
Doʻppisi chambarak
-
Panohingizda doʻppini chambarak qilib yuribmiz, xoʻjayin, sizga har qancha odamgarchilik qilsak arziydi. A. Muhiddin, Chap choʻntak
CHAMBARAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧАМБАРАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chambarak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar