chegara
bilan ulashing
1. Bir-biriga qoʻshni, yondosh boʻlgan viloyat, tuman, hudud orasidagi had, boʻlinish, ajralish chizigʻi.
-
Endi Qorabuloq chegarasidagi dovondan oʻtib olishsa, u yogʻi oson. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
2. Qoʻshni davlatlarning suvdagi va quruqlikdagi hududini, doirasini koʻrsatuvchi chiziq.
-
Davlat chegarasi. Chegara soqchisi.
-
Qalandarlar chegaradagi nazorat punktidan xat-hujjatlarini koʻrsatib, Turkiston tuprogʻiga oʻtishdi. K. Yashin, Hamza
3. Oxir, nihoya, poyon.
-
Choʻlning chegarasi yoʻqdek. . R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi.
4. koʻchma Chek, meʼyor; oʻlchov; doira.
-
Odob chegarasi.
-
Ammo u sabr-bardoshning ham chegarasi borligini allaqachon bilib olgan X. Sultonov, Onamning yurti
-
Bu gazandalar vahshiyligining chegarasi yoʻq ekan-da! T. Rustamov, Mangu jasorat
chegara soʻzi qatnashgan jumlalar:
Chegaradan chiqmoq
-
Hey, Nishopuriy! Chegaradan chiqib ketyapsiz! [dedi Badia]. Mirmuhsin, Meʼmor
CHEGARA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЧЕГАРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
chegara so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar