do‘st
bilan ulashing
1. zid. Qarashlari, dili, ish faoliyati yaqin boʻlgan, inoqlik, ahillik bilan bogʻlangan ikki yoki undan ortiq kishining har biri; oʻrtoq. dushman.
-
Qadrdon doʻst. Chin doʻst. Qiyomatli doʻst. Vafodor doʻst. Oʻz doʻstim deb sir aytma, doʻstingning ham doʻsti bor. Maqol
-
Doʻst safarda bilinadi, Ogʻa-ini — kulfatda. Maqol
-
Doʻst qidir, doʻst top jahonda, Doʻst yuz ming boʻlsa, oz. E. Vohidov, Muhabbat
2. Yaqin, tanish, oshno.
-
Mana bu doʻstim bilan men daryodan oʻtolmay qoldik. Shu yaqindagi qishloqqa non soʻrab bordik. I. Raxim, Chin muhabbat
-
Oʻrta Osiyo xalqlari: oʻzbek, tojik, turkman, qirgʻiz, qoraqalpoq va qozoqlar bir-biri bilan inoq va doʻst boʻlib yashaganlar. Gazetadan
3. Murojaat qilish shakli.
-
Xoʻsh, taqsir, nega xomushsiz? — E, aziz doʻstim, sal qiynalibroq qoldim. N. Safarov, Hayot maktabi
4. Diniy tasavvufda: Alloho, ey xudo.
-
Har zamon yaqin-yiroqdan gadoy tovushi eshitiladi: Hey doʻst, shaydullo, banomi ollo, sadaqa raddi balo, baqavli rasuli xudo. A. Qahhor, Bemor
do‘st soʻzi qatnashgan jumlalar:
Doʻstingdan top
-
Dunyoda doʻsti sodiqni topish qiyin ekan. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
Jon (yoki jonajon) doʻst
-
Poylab-poylab, xoʻb tomosha qilsang-chi, Toʻy-tomosha qulluq boʻlsin, jon doʻstim. Yusuf va Ahmad
-
Avval aytganimdek, akademik Habib Muhamedovich Abdullayev bilan [Abdulla Qahhor] jon doʻst edilar. K. Qahhorova, Chorak asr hamnafas
Ish (yoki mehnat) doʻsti
-
Ish doʻsting —
-
jon doʻsting. Maqol
-
Koʻrib qoʻy, deb soʻzni boshlayman, mehnat doʻstim — asal yorimga. Gʻayratiy
Mol doʻsti
-
Jon doʻsting jonidan kechsa ham, mol doʻsting molidan kechmaydi. Maqol
Piriga ham doʻst boʻlmaydi
-
Erining yuz-xotirini qilmaydigan xotin piriga ham doʻst boʻlmaydi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
Doʻst tortmoq,
-
U oʻz odatining aksicha doʻst tortdi-da, yuqoriga qaradi. S. Anorboyev, Oq-soy
-
“Rohat ”ni eshitib, Tantiboyvachcha ezib yubordingiz, jonidan! deb qichqirdi va bangilar kabi bir doʻst!tortdi. Oybek, Tanlangan asarlar
undov so‘z [oʻ — choʻziq] Tasanno, ofarin maʼnolarini bildiradi.
-
Doʻst, kam boʻlmang! Bogʻlarni qoplaydi zavq-u shavq, qarsak, Keksalar ogʻzida: “Doʻst!, Barakallo!. Uygʻun, Tong qoʻshigʻi
DO‘ST so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДЎСТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
do‘st so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar