baʼzan
bilan ulashing
1. ravish Hamma vaqt ham emas, har zamon-har zamonda, ahyon-ahyonda, goh-gohida.
-
Yoʻlchi: Xoʻjayinlarnikiga borib turasizmi? [Abdishukur:] Baʼzan borib turaman. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Ha, baʼzan shunday shoʻxlik ham qilib turish kerak. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
U [meʼmor] baʼzan kampirga ham dagʻdagʻa qilib qolardi. Mirmuhsin, Meʼmor
2. ravish Ayrim hollarda, baʼzi vaqtlarda.
-
Baʼzan Gulnorning yuragi toshib, butun dardini, yaralarini Unsinga ochishni istaydi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Meʼmor baʼzan shunday uzoq xayollarga borardi. Mirmuhsin, Meʼmor
3. bogʻl. Gapning uyushiq boʻlaklarini bogʻlash uchun qoʻllanadi.
-
[Yoʻlchi] Baʼzan Qoratoyning ishxonasida, baʼzan choyxonada tunab yurdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Yoʻlchi baʼzan yolgʻiz, baʼzan oʻz yoniga birovni hamroh qilib, qancha jar, qancha qoʻrgʻon va quloqlarni kezib, suv keltirar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
BAʼZAN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАЪЗАН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
baʼzan so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar