bayt
bilan ulashing
1. ad. Sharq sheʼriyatida aruz vaznida yozilgan gʻazal, qasida, masnaviy kabi asarlarning bir butun ikki misrasi, bandi.
-
Gʻoyaviy-badiiy tomondan bir butunlikni tashkil qilgan ikki misra sheʼr bayt sanaladi. OʻzME
-
Adabiyotimizda ruboiy kabi toʻrt yoʻl, bayt kabi ikki yoʻldan iborat sheʼriy shakllarning paydo boʻlishi ham bejiz emasdir. Shukrullo, Javohirlar sandigʻi
-
Agar mazkur sheʼr bamisli bir qush boʻlsa, bu bayt uning toji-ku, mavlono! S. Siyoyev, Yorugʻlik
2. Umuman, har qanday sheʼr, sheʼriy parcha.
-
Nechogʻ baxtiyorman taʼzimda shu tob Sizning shaʼningizga bitmoqdaman bayt. A. Oripov
-
Muncha shirin baytingiz, omon borib qaytingiz, Gʻolib, barno yigitga bizdan salom aytingiz. T. Tula
3. koʻchma Yoqimli ovoz, ohang.
-
Yomgʻirjon, bir qoʻshiq aytki, tomlarni taraqlat. Yaproqlarni yuvib qayt, yoʻlkalarda bayt tarat. Otayor, Oq fasl
4. maxs. Oʻzbek xalq amaliy sanʼati (badiiy miskarlik, kulolchilik, rixtagarlik)da qoʻllanadigan naqsh va bezak turlaridan biri.
-
Bayt buyumga oʻziga xos nafosat, badiiylik baxsh etadi. OʻzME
5. eskirgan, kitobiy Istiqomat qilish, yashash uchun qurilgan uy, xona; manzil.
-
Bayti vayrona — xaroba, vayrona boʻlgan uy. Bayti maʼmur — obodon uy.
-
Uyni arab bayt der. A. Navoiy, Mezonul-avzon
BAYT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАЙТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bayt so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar