bayroqdor
bilan ulashing
1. Qoʻshin safida yoki namoyishchilar oldida bayroq koʻtarib boradigan shaxs.
-
Elmurod saf oldiga yugurib ketdi va bayroqdor bilan oʻrin almashdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. Bayroqcha bilan ishora qilib, biror yoʻlga yoki tomonga yoʻnaltirib turuvchi kishi.
-
Bayroqdorlar uchuvchiga nishon belgilab turishardi, buni endi bildi Qudrat. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
3. koʻchma Koʻzlangan maqsadni, ilgʻor gʻoya ni amalga oshirishda yetakchilik qiluvchi, oldinda namuna boʻlib boruvchi.
-
Xalqimiz tinchlik uchun kurash bayroqdoridir.
-
Ezgu niyatlarning bayroqdori deb, Seni sharaflaydi zamin-u zamon. A. Oripov
BAYROQDOR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАЙРОҚДОР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bayroqdor so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar