baza
bilan ulashing
1. arxit. Ustunning, kolonnaning asosi, pastki yoʻgʻon tayanch qismi.
2. Xalq xoʻjaligi, ishlab chiqarish va madaniy-maʼnaviy sohalarning asosi, negizi, tayanchi:
-
Moddiy-texnika bazasi. Eksperimental baza. Iqtisodiy baza.
-
Moddiy-texnika bazamiz maʼlum darajada yangilanadi va sifati yaxshilanadi. Gazetadan
-
Maktablar va oʻquv yurtlarining moddiy bazasi ancha mustahkamlandi. Gazetadan
-
Adabiy tilimiz ilgarigi kitobiylikdan qutulib, jonli xalq tili bazasiga oʻtdi. OʻTA
3. Muayyan moddiy narsalar toʻplami, majmui; zaxirasi.
-
Ozuqa bazasi. Yem-xashak bazasi. Xomashyo bazasi.
-
Mustahkam ozuqa bazasini vujudga keltirmay turib, chorvachilikni rivojlantirish haqida oʻylab ham boʻlmaydi. Gazetadan
4. Muayyan xizmatlar koʻrsatish va kerakli jihozlar bilan taʼmin etib turish maqsadida barpo qilingan maxsus joy, makon.
-
Turistlar bazasi. Aviatsiya bazasi. Harbiy-dengiz bazasi. Sport bazasi.
-
Oʻquvchilar turistik bazalarda dam olishni boshlab yubordilar. Gazetadan
-
Poytaxtimiz va Respublikaning bir qator shaharlaridagi yirik sport bazalari Spartakiada ixtiyorida boʻladi. Gazetadan
-
Bolalar maydon-chalari, sport kompleksi, sport-baydarka bazasi qurildi. Gazetadan
5. Moddiy zaxiralar saqlanadigan bino, inshoot; ombor.
-
Taʼminot bazasi. Savdo bazasi.
-
Juman aka choynak-piyola olgani stansiyaga tushsa, bazaga bir vagon mol kelib, ombor mudiri yuk tushirish bilan band ekan. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
-
Normamat uzoq yillar rayon neft bazasida ishladi. Gazetadan
BAZA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАЗА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
baza so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar