baʼzi
bilan ulashing
1. belg. olm. Yolgʻiz holda yoki bir soʻzi bilan ishlatilib, bir turdagi yoki har xil narsa, kimsa, voqea-hodisalardan ayrimlarini, butundan boʻlakni ajratib koʻrsatish uchun qoʻllanadi.◆
-
Baʼzi (bir) narsalar. Baʼzi (bir) odamlar. Baʼzi (bir) kunlar.
-
Gulnor [Unsinning] burnini, peshonasini va baʼzi harakatlarini Yoʻlchiga oʻxshatdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Ogʻaynida ham ogʻayni bor. Baʼzi ogʻayni boʻladi, joningga jonini mix qilib qoqib tashlaydi. A. Qahhor, Ogʻaynilar
2. ot vzf. Ayrim kishi, narsa va shu kabilarni ifodalaydi.
-
Atrofda odam toʻplandi. Baʼzilar achinardi, baʼzilar — tomoshabin. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Xotinlarning baʼzilari qiziqqanlaridan chachvonlarini qiya ochib, Yoʻlchiga yashirincha moʻralashadi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Buni eshitib, baʼzilar qotib-qotib kular, baʼzilar boʻgʻilar edi. A. Qahhor, Asarlar.
baʼzi soʻzi qatnashgan jumlalar:
Baʼzi vaqt(larda)
-
Hech nimadan xabarsiz Unsin, baʼzi vaqt: — Nega akamni koʻrmayman, togʻam qayoqqa yuborgan,— deb Gulnordan soʻraydi. Oybek, Tanlangan asarlar
BAʼZI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАЪЗИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
baʼzi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar