bazm
bilan ulashing
1. Musiqa va oʻyinlar bilan oʻtkaziladigan ziyofat, toʻy, oʻtirish; oʻyin-kulgi kechasi.
-
Qiy-chuv bilan oʻtgan nahorlikdan soʻng hovlida yana bazm boshlandi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Dutor yoniga childirmaning chertmagi kelib qoʻshilgandan keyin, bazm tagʻin ham jonlandi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Tabib, siz karnay-surnay chaldi-ring, nogʻoralar jaranglasin, bazm quramiz. Yoshlik
2. koʻchma Tabiatdagi jonli va jonsiz narsalarning kishiga zavq beruvchi xatti-harakatlarini ifodalaydi.
-
Chumchuqlar daraxt shoxlarida yozdagi kabi bazm qurishgan. A. Obidjon, Akang qaragʻay Gulmat
-
Kechasi oʻrdaklar bazmi boshlanadi. S. Ahmad, Ufq
-
Gulduros, dahshatli gulduroslar; chaqmoqlar, chaqinlar. Osmonlarda chaqmoqlar bazmi. U. Qoʻchqorov, Hayajonga koʻmilgan dunyo
-
Olisdagi zovurda yolgʻiz baqa ahyon-ahyonda vaqillab, sheriklarini bazmga chorlaydi. Guldasta
-
Xilma-xil yovvoyi gullar tevaragida kapalaklar bazm quradi, asashrilar gʻuvullaydi. J. Abdullaxonov, Oriyat
bazm soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bazmi jamshid
-
[Husayn:] Oʻhoʻ, bazmi jamshid qizigan ekan-da, kulgilaringiz osmoni falakka koʻtarilmoqda. Uygʻun va I. Sulton, Alisher Navoiy
-
Katta hovlining toʻridagi shiyponda bazmi jamshid avjida edi. O. Yoqubov, Diyonat
Bazm qurmoq
Qizlar bazmi
-
Uning [Kumushning] vujudi qizlar bazmi ichida boʻlsa ham, xayoli allaqayoqlarda uchib yurgandek, koʻzlari oʻynaguvchi qizlarda boʻlsa ham, haqiqatda boshqa bir narsani koʻrgandek. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
BAZM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАЗМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bazm so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar