bayroq
bilan ulashing
1. Yogʻoch yoki metall dastaga, sim yoki chilvirga mahkamlangan, bir yoki bir necha rangli, davlat, tashkilot, uyushma, harbiy qism va shu kabilarga qarashlilikni ifodalovchi gerb, emblema va boshqa ramziy belgilar, bezaklar tasviri tushirilgan muayyan oʻlchamdagi mato; alam, yalov; tugʻ.
-
Davlat bayrogʻi. Diviziya bayrogʻi. Koʻchma bayroq. Bayroq oʻrnatmoq.
-
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil 18 noyabr va 1992 yil 3 iyulda boʻlib oʻtgan sessiyalarida Respublika Davlat bayrogʻi, Respublika Davlat gerbi tasdiqlandi. Oʻzbekiston Respublikasi
-
Birdan uning koʻzi bayroq koʻtarib turgan bir toʻda paranjili xotinlarning suratiga tushdi. S. Zunnunova, Olov
2. koʻchma Maqsad, gʻoya, yoʻl.
-
Tinchlik bayrogʻi. Ozodlik bayrogʻi, Mustaqillik bayrogʻi. Adolat bayrogʻi.
-
Buyuk orzu qovushtirgay xalqlar boshini, Buyuk orzu adolatni aylagay bayroq! Yoshlik
-
Yosh Oybeklar bayrogʻini Koʻtaraylik balandga. Doʻstim, jonni baxsh etaylik Faqat ona Vatanga. A. Oripov
3. maxs. Oʻzbek kulolchiligida keng qoʻllanadigan, bayroqqa oʻxshash bezak.
-
Sopol idishlarning chetlaridagi hoshiyaning baʼzi turi ham bayroq deyiladi. OʻzME
BAYROQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАЙРОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bayroq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar