bayram
bilan ulashing
1. Tarixiy, madaniy-maʼnaviy anʼanalarga koʻra rasmiy yoki norasmiy ravishda uyushtiriladigan umumxalq shodiyonasi kuni, tantana kuni.
-
Mustaqillik bayrami. Navroʻz bayrami. Gʻalaba bayrami. Yangi yil bayrami.
-
Yangi yil bayrami dilimizga yaqin, hammaga birday quvon-chu farah baxsh etadigan, yorqin tuygʻularni uygʻotadigan qutlugʻ ayyom! Saodat
-
Bugungi Navroʻz bayrami barcha-barchaga yangi baxt, ulkan zafarlar keltiradi. Gazetadan
-
Men bayramlarni juda-juda sevar, juda-juda orziqib kutardim. Yoshlik
2. Biror-bir munosabat bilan oʻyin-kulgi ishtirokida tantanali ravishda oʻtkaziladigan tadbir.
-
Oilaviy bayram. Archa bayrami. Sport bayrami. Sheʼriyat bayrami.
-
Sanʼat bayrami. Paxta bayrami. Bolalar archa bayramidan uylariga xursand boʻlib qaytadilar.
-
Paxta bayramini yor-joʻralar bilan Guliston rayonida oʻtkazdik. A. Qahhor, Ming bir jon
-
Vakillarimiz sanʼat bayramiga jiddiy tayyorgarlik bilan keldilar. Gazetadan
3. koʻchma Vaqtichogʻlik, xursandlik; baxt, omad.
-
Joni sogʻga kunda bayram, Kunda toʻy. Maqol
-
Eshakning oʻlimi — itning bayrami. Maqol
-
Uning [ayolning] borligining oʻzi — jamiyatning bayrami. Gazetadan
BAYRAM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАЙРАМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bayram so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar