bayon
bilan ulashing
1. Tabiat va jamiyat haqidagi tushuncha hamda tasavvur yuzasidan inson fikri va mulohazalarining ogʻzaki yoki yozma ifodasi.
-
Ogʻzaki bayon. Bayon qilmoq. Fikr bayon qilmoq.
-
Bu yogʻini qaysi til bilan bayon etsam ekan X. Toʻxtaboyev, Sehrli qalpoqcha
-
Goʻroʻgʻlibek boshidan oʻtgan voqealarni birma-bir bayon etdi. Goʻroʻgʻli
-
Ha, koʻrasan, lekin shuni unutma aslo, Ahvolingni bayon qilgin farzandlarga xos. A. Oripov
-
Agar chindan ham seni pul qiziqtirmay, muhim deb oʻylagan gapingni qisqa bayon etish qoʻlingdan kelsa, quchoq-quchoq asar yozishingning foydasi yoʻq. Shukrullo
2. ad. Adabiy asarning sodir boʻlgan yoki boʻlayotgan voqealar hamda voqealarning borishi haqida hikoya qilinadigan qismi.
-
Romanda tavsif, muallif mulohazalari va bayonlar koʻp.
3. ad. Tavsif; izoh berish.
-
Asarning qimmatli boblaridan biri sheʼriyat va aruz bayonidir. Fan va turmush
4. Oʻqib yoki aytib berilgan biror matn asosida yozib chiqilgan ish; yozma ish (oʻquvchilar bilimini baholashning yozma shakllaridan biri).
-
Oʻquvchilar bayon yozishdi. Bayonni tekshirib chiqmoq. Bayonlar toʻplami.
bayon soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bayon alomati
BAYON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАЁН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bayon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar