bo‘g‘iz
bilan ulashing
1. (3-shaxs birlikda boʻgʻzi va boʻgʻizi)
2. anat. 1 Tomoqning qiziloʻngach va kekirdak boshlanadigan yeri; tomoq.
-
Odam ogʻzidan, mol boʻgʻzidan osilar. Maqol
-
Hazratqul qoʻzichoqning boʻgʻziga pichoq tortdi. S. Ahmad, Yulduz
-
Qitigʻiga tegsang, boʻgʻzingga ustara tortishdan toymaydi battol. S. Siyoyev, Yorugʻlik
3. koʻchma Jon, hayot-mamot ramzi.
-
Musulmonqulning omonsiz qilichi ogʻaynimning boʻgʻzida edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
4. Qumgʻon, oftoba va shu kabilar idishlarning qornidan yuqorisidagi tor, naysimon qismi.
-
Shishaning boʻgʻzi. Obdastaning boʻgʻzi. Boʻgʻzi tor idish.
-
— Qaysi biridan boʻlsin? — dedi shishalarning boʻgʻzidan ushlab turib.
5. Oʻsimlik tanasining ildizga tutashgan joyi.
-
Bundan maqsad: koʻchatning boʻgʻzidagi tuproq choʻkib, havo kiritmaydi, ildizi yaxshi rivojlanadi. Gazetadan
bo‘g‘iz soʻzi qatnashgan jumlalar:
Joni boʻgʻiziga keldi
Gapi, soʻzi boʻgʻziga tiqilmoq yoki boʻgʻzida qolmoq
-
Indamadi-yu, aytadigan gapi boʻgʻziga tiqilib qolganday boʻldi. A. Muxtor, Asarlar
-
Shu soʻz boʻgʻziga tiqildi. Aytay dedi, aytolmadi. Yoshlik
-
Shu payt eshik zarb bilan taqillab qoldi. Muhabbat choʻchib tushdi. Safaralining gapi boʻgʻzida qoldi. N. Fozilov, Diydor
BO‘G‘IZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЎҒИЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bo‘g‘iz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar