bo‘g‘iq
bilan ulashing
1. Boʻgʻilib, xirillab qolgan, xirildoq, aniq-tiniq emas, noaniq (ovoz haqida).
-
-Yoqmaydi! — dedi Anzirat alamnok, boʻgʻiq ovozda. N. Qilichev, Quyun
-
— Oʻzi nima deydi, soʻradingmi? — Abdusamad amakining ovozi boʻgʻiq chiqdi. M. Mansurov, Yombi
-
Yana boyadek boʻgʻiq kulgi ovozi eshitildi. S. Karomatov, Oltin qum
2. Boʻgʻov solib toʻsilgan, biror narsa bilan boʻgʻilgan.
-
Keyin, bir vaqt hushimga keldim. Ogʻzim boʻgʻiq. Qalin narsaga oʻralgan-man. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Boʻgʻib, burib, siqib qoʻyilgan; tor.
-
Yoqasi boʻgʻiq koʻylak.
-
Katak koʻylagi, pochasi boʻgʻiq koʻk satin shalvari ozoda va oʻziga yarashgan. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
4. Havosi nam va buzuq, erkin nafas olib boʻlmaydigan.
-
Davralarning boʻgʻiq havo-sini jirkanmay shimiradilar. Gʻ. Gʻulom, Yodgor
-
Biz ozdan keyin Amudaryo tomondan esgan salqin shabada boʻgʻiq havoni tarqatib yuboradi. J. Sharipov, Xorazm
5. koʻchma Erkin yashab, ishlab boʻlmaydigan; siqiq, ziq, tang.
-
Xoʻjayin aytgancha, uzilmagan gul boʻlmasa ham, ruhi, qalbi bu chirkin boʻgʻiq muhitda soʻnmagan, toʻzmagan koʻrinadi. Oybek, Tanlangan asarlar
6. Uncha ochiq boʻlmagan, xira (rang, tus haqida).
-
Boʻgʻiq rang. Rangi boʻgʻiq chit.
BO‘G‘IQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЎҒИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bo‘g‘iq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar