bo‘g‘ma
bilan ulashing
Boʻgʻib qoʻyiladigan yoki boʻgʻib, burib qoʻyilgan, burmali.
-
Boʻgʻma yoqa koʻylak.
-
Hotamova novcha kishining pochasi boʻgʻma shimini koʻrib ikkilandi, shekilli, nima deyishini bilmay qoldi. A. Qahhor, Kartina
-
Hayal oʻtmay, ostonada qosh-koʻzlarini hafsala bilan boʻyagan, olaqargʻa krepdeshindan kalta yengli boʻgʻma koʻylak kiygan Qirmizxon koʻrindi. N. Aminov, Qahqaha
bo‘g‘ma soʻzi qatnashgan jumlalar:
Boʻgʻma ilon
-
Boʻgʻma ilon vahshat bilan bir toʻlgʻandi-da, pastga argʻimchoqdek osilib, vishilladi. Mushtum
tibbiy Tomoqning yalligʻlanishi va nafas yoʻlining torayishi natijasida nafas olishning qiyinlashuvi, xirillab yoʻtalish bilan kechadigan yuqumli kasallik.
-
Difteriya boʻgʻmasida difteriyaga qarshi zardob emlanadi. N. Ismoilov, Kasallarni parvarish qilish
-
Poliomielit, boʻgʻma va shilliq kabilar kasallik sifatida tugatildi. Gazetadan
BO‘G‘MA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЎҒМА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bo‘g‘ma so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar