bo‘g‘in
bilan ulashing
1. anat. Gavda suyaklarining togʻaylar, paylar bilan birikkan joylari.
-
Barmoq boʻgʻinlari.
-
Qoʻl suyaklari bir-biriga birikkan harakatchan birikmalar hosil qiladi, bu birikmalar boʻgʻinlar deyiladi. Zoologiya
-
Boʻgʻinlari gʻadir-budur boʻlib ketgan barmoqlari bilan ogʻzining ikki chetini artdi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
2. Bir turdagi qismlardan tashkil topgan suyakning har bir qismi; segment.
-
Umurtqa boʻgʻinlari. Boʻgʻinlarim ogʻriyapti.
-
Paygʻamov barmoqlarini bir-biridan oʻtkazib bukkanda, boʻgʻinlari qirsilladi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
-
Mafosilga giriftor boʻlgan kimsadek, yetmish ikki boʻgʻini zirqirab ogʻridi. S. Siyoyev, Avaz
3. Tanasi bir turdagi qismlardan, segmentlardan tuzilgan jonivorlar yoki oʻsimliklarning har bir qismi.
-
Chuvalchang boʻgʻinlari. Qamish boʻgʻinlari.
4. koʻchma Uzviy ravishda bogʻlangan voqea-hodisa, jarayon yoki tashkilot va shu kabilarning har bir halqasi, bosqichi, pogʻonasi.
-
Toʻgʻri, qogʻozbozlik kamaydi. Lekin xodimlar quyi boʻgʻinlarni bezovta qilishning boshqa usullaridan foydalanmoqdalar. Gazetadan.Oshkoralik, demokratiya ham intizomning boʻgʻiniga aylanadi. Gazetadan
5. koʻchma Avlod, nasl.
-
Yosh boʻgʻin.
-
Shu ildizdan oʻsib chiqar kelajak boʻgʻin. Gʻ. Gʻulom, Sheʼrlar
-
[Hojar:] Men qanday qilay! Yetti boʻgʻinimizda qulogʻim bunday satang nomini eshitgani yoʻq edi. Hamza, Paranji sirlari
-
Eng aʼlo sifatli — birinchi yoki ikkinchi boʻgʻin duragaylar oʻz-oʻzidan koʻpaytiriladi. Oʻzbekiston parrandachiligi
6. tilshunoslik Soʻzning bir nafas bilan aytiladigan, bir yoki bir necha tovushdan iborat boʻlagi.
-
“Tosh“ soʻzi bir boʻgʻindan, bolta soʻzi esa ikki boʻgʻindan iborat.
bo‘g‘in soʻzi qatnashgan jumlalar:
Boʻgʻini boʻshashmoq (yoki qaltiramoq)
-
Juman qabulxonaga chiqib, qoʻlidagi qogʻozga qaragan edi, boʻgʻinlari boʻshashib, tizzasi qaltirab ketdi. A. Muxtor, Tugʻilish
-
Birdaniga boʻgʻini qaltirab, qoʻrqib qolgan-da. Bahrom va Gulandom
-
Toparmanmi, yorim, seni? Boʻgʻinlarim tol-tol boʻshab. Shirin bilan Shakar
-
Seni koʻrib, bolam, boʻgʻinim boʻshadi, Sening koʻngling daryodayin toshadi. Oysuluv
BO‘G‘IN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЎҒИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bo‘g‘in so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar