shov-shuv
bilan ulashing
1. Shov va shunga yaqin tovushni bildiradi.
-
Novdan oqib tushayotgan suvning shov-shuvi dilrabo nagʻmalarday yoqib ketdi. Sh. Toshmatov, Erk qushi
-
Uning Japaqning dahshatli dovul shov-shuvini eshitmagan quloqlari eshikdagi zaif bir sharpani aniq payqagan edi. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
2. Gʻala-gʻovur, shovur-shuvur, shovqin.
-
-
J. Sharipov, Xorazm
-
Ular vokzalning oldida qator tizilib turgan Pobedalarning biriga oʻtirib, shaharning shov-shuvga toʻla gavjum koʻchalaridan uchib ketdilar. O. Yoqubov, Ota
3. koʻchma Mish-mish gap, ovoza.
-
Bu voqea haqida shov-shuvlar yuribdi. Shov-shuv gap tarqatmoq.
-
Domla oʻylanib qoldi-da, anchadan keyin dedi: — Qishloqda shunday shov-shuv bor emishmi? A. Qahhor, Sarob
4. so‘zlashuv tili Biror hodisa, kimsa yoki narsaga oʻta qiziqish tufayli yuz beradigan qizgʻin muhokama, munozara, har xil gap-soʻz.
-
Sultonova zvenosining bu gʻalabasi katta shov-shuvlarga sabab boʻldi. N. Safarov, Oliyaxon Sultonova
-
Hamza oʻris qizga uylanibdi degan xabar tarqaldi. Bu gap shaharda besh-olti kun rosa shov-shuvga sabab boʻldi. K. Yashin, Hamza
-
Mana, paxta terish agregati toʻgʻrisida yozilgan dissertatsiya haqida matbuotda anchagina shov-shuv boʻldi. Mushtum
SHOV-SHUV so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШОВ-ШУВ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
shov-shuv so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar