shovqin
bilan ulashing
1. Qattiq gap-soʻzdan eshitiladigan, shuningdek, turli harakat, hodisalar tufayli yuzaga kelib, qoʻshilib ketadigan tovushlar.
-
— Oqlaymiz! Oqlaymiz! — choyxonani ishchilarning shovqini bosib ketdi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Arkda jang toʻxtaydi. Ammo orqada hamon shovqin. Uygʻun va I. Sulton, Alisher Navoiy
-
Namoz asrga yaqin kuyov olomon bilan keldi. Toʻrt karnay, olti surnayning shovqini koʻkni tutdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Unda-bunda sayyor attorlarning ip ketdi kabi qichqiriqlari shahar shovqiniga madad berib turadi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
-
Chor atrof sayilchilarning gʻovur-gʻuvuri, tramvay-trolleybuslarning shovqini bilan toʻlib toshgan. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. Baland ovoz bilan boʻlayotgan janjal, toʻpolon; shovqin-suron.
-
— Hay, bu nima shov-qin? — kampir koʻcha tomonga quloq soldi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Mavlono Fazliddin shovqin kelayotgan tomonga quloq solib turib, qoʻrqib ketdi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
3. tibbiy Odam organizmiga salbiy taʼsir etadigan va uning ishlashiga, dam olishiga xalaqit beradigan begona tovushlar majmui.
4. tilshunoslik Ogʻiz boʻshligʻida un ishtirokisiz hosil boʻladigan tovush.
-
Faqat shovqindan hosil boʻlgan k, p, s, t, f, sh, ch, q, x, s, h tovushlari jarangsiz undosh tovushlardir. Oʻzbek tili darsligi
shovqin soʻzi qatnashgan jumlalar:
Shovqin koʻtarmoq
-
— Yolgʻon, tuhmat! — deb boshqa dehqonlar ham shovqin koʻtardilar. S. Ayniy, Qullar;
-
Nega matbuot shovqin koʻtarmaydi. A. Qaxhor, Sarob
Shovqin solmoq
-
Faqat ichkaridan mastlarning qiyqiriqlari, allakimning boʻgʻiq alyori eshitiladi; ashula, qichqiriq aralash yana allakim shovqin solib soʻkinadi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Shovqin solib soy oqar Qorabogʻ qishlogʻidan. X. Saloh
-
Bu tinchlikni faqat Oqsoygina buzadi kech kirganda, goʻyo ataylab qattiqroq shovqin solardi. S. Anorboyev, Oqsoy
Shovqin qilmoq
-
Bittang gapir!Bit-tang! Hammang baravar shovqin qilasan, gap uqib boʻladimi? Choʻlpon, Kecha va kunduz
SHOVQIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШОВҚИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
SHOVQIN so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingSHOVQIN so‘zining antonimlari
Antonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan SHOVQIN so‘ziga berilgan ma’nolar
shovqin so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
shovqin so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar