shovqinli
bilan ulashing
1. Shovqin bilan toʻlgan; gʻala-gʻovur hukm surib turgan.
-
Shovqinli koʻcha.
-
Mashshoqlar cholgʻularini qoʻlga oldilar. Endi guzarda shovqinli katta oʻyin emas, shirin, mayin hujrabazm sadosi oqa ketdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
2. Kuchli tovush chiqarib turadigan.
-
Shovqinli oʻrmon.
-
Umurzoq ota gʻira-shirada chaylasidan chiqib keldi-da, shovqinli daryo labida tahorat qildi va toʻnini maysaga yozib, bomdod namozini oʻqidi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
[Mirkarim] Shovqinli suvlar boʻyiga joylashgan gumbazdor mozorlar machitlar orasida uch oy yurgach, yana Toshkentga kelib oldi. P. Tursun, Oʻqituvchi
shovqinli soʻzi qatnashgan jumlalar:
Shovqinli undoshlar
SHOVQINLI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШОВҚИНЛИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
shovqinli so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar