dudama
bilan ulashing
1. sifatdosh Ikki tomonida ham dami, tigʻi bor.
-
Dudama pichoq.
-
Pichoq uncha katta emas ingichka va dudama edi. S. Ayniy, Esdaliklar
-
U etigi qoʻnjiga solib qoʻygan dudama xanjarga ishora qildi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Tilini chiqarib tishlab, dudama pichogʻi bilan novdani butay boshladi. Sh. Xolmirzayev, Bodom qishda gulladi
2. ot Har ikki tomoni tigʻli pichoq yoki xanjar.
-
Zulayho orqasiga qaytadi. Bir necha qadam yuradi-yu, dudamani eslaydi. P. Qodirov, Qadrim
-
Naq koʻksiga sopigacha botib ketdi dudama. O. Hakimov, Dostonlar
DUDAMA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДУДАМА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dudama so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar