dud
bilan ulashing
1. Tutun, qurum, is.
-
Porox dudi,
-
Mamajonning dimogʻiga qorachiroq dudi gup etib urildi. A. Muxtor, Opa-singillar
-
Yogʻ dudi osmonga koʻkish ustunday koʻtarildi. H. Gʻulom, Zamin yulduzlari
-
Devorlari va shipini qop-qora dud bosgan bu uyga quyosh nurlari kichik bir tuynukdan tushardi, xolos. J. Sharipov, Xorazm
2. koʻchma Gʻubor, dogʻ, asorat.
-
Koʻzimda gʻurbatning zaharli dudi. Gʻ. Gʻulom
-
Gulnorning koʻnglini qoplagan hasrat dudi tarala boshladi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Aslida suhbatdan qolgan dud hali Elmurodning koʻnglidan arimagandi. Shuhrat, Shinelli yillar
3. koʻchma Oh, nola; ruhiy azob.
-
Hoji xolaning dudi osmonda edi. M. Ismoiliy, Fargʻona t.o.
-
Dushmandan intiqom olib, dudini dimogʻidan chiqaraylik. M. Osim, Karvon yoʻllarida
4. koʻchma Achchiq, jahd; gʻazab.
-
Mana shu yerda mingboshining dudi osmonga chiqdi. M. Ismoiliy, Fargʻona t.o.
5. koʻchma Iliqlik tafti.
-
Hut kirdi, yer ostiga dud kirdi. Maqol
-
Dud demakka dudoq, kerak.
Gazlamaga gul bosishda ishlatiladigan qush qolip.
DUD so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДУД so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dud so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar