elektr
bilan ulashing
1. Elektrik zaryadlarning mavjudligi, oʻzaro taʼsiri va harakati natijasida roʻy bergan fizik hodisalar majmui; shu hodisalar tufayli yuzaga keladigan energiya turlaridan biri.
-
Musbat elektr. Manfiy elektr. Elektr toki. Elektr quvvati. Elektr lampasi. Elektr qoʻngʻiroq.
2. so‘zlashuv tili Elektr oqimi quvvati bilan yonadigan yoritkich va undan tarqaluvchi nur, yorugʻlik.
-
Dora chiroq yoqmayman, Elektrlar turganda, Dangasaga tegmayman, Zarbdorlar turganda. Qoʻshiqlar
-
Ketmon ushlagan ikki moʻysafid uning yonidagi elektr ustuni tagida gaplashib turardi. Oʻ.Umarbekov, Yoz yomgʻiri
3. sifatdosh Elektr quvvati bilan ishlaydigan.
-
Sartaroshlik yomon kasb emas. Elektr mashinalar har qanday oshqovoqday boshni ham bir zumda shilib tashlaydi. E. Rayimov, Ajab qishloq
ELEKTR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЭЛЕКТР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ELEKTR so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan ELEKTR so‘ziga berilgan ma’nolar
elektr so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
elektr so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar