ep
bilan ulashing
kam qoʻll. Bajarish, uddalash qobiliyati.
-
— Aytmoqchi, — dedi Teshaboy birdan jonlanib, — Gʻulom qorini tushira qolsangiz qalay boʻladi, epi ham tuzuk. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
ep soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ep bilmoq
-
Anvar vaʼda berib qoʻyishni ep bilmaganlikdan soʻzsiz oʻtirar edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Indamay xonaga kirib ketishni Gʻayrat oʻziga ep bilmadi. M. Hazratqulov, Jurʼat
Ep boʻlmoq
-
Sizga bunday beposhna gaplar ep boʻlmaydi. T. Murod, Ot kishnagan oqshom
-
Oʻziga ep boʻlsa qizim, Zoʻrlik qilib tortib olsin. Bahrom va Gulandom
Ep kelmoq
-
Turkmanning toʻy qoida-rasmini yaxshi bilasiz, elga ep kelguday toʻyni olib bora bering. Boʻtakoʻz
-
Shu yoʻllarning qaysi biri maʼqul? Qaysi biri ep keladi? Qaysi birini qilsam, oʻzimga xayriyat boʻladi? Choʻlpon, Kecha va kunduz
Ep koʻrmoq
-
Hotam ortiqcha adi-badi aytib oʻtirishni ep koʻrmadi. M. Hazratqulov, Jurʼat
-
Epga kelmoq
-
Avtobuslar tushsin tartibga, Toʻxtar joylar kelsin bir eta. Oʻ, Rashid
-
Tanbeh bilan epga kelmaganlarni idoraga yozib topshiradilar. A. Qodiriy, Obid ketmon
Epga olmoq (yoki solmoq)
-
Poyonsiz qirlarning ularning dimogʻiga iskatgan davo islari, yoqimli hidlari har qanday ishdan chiqayozgan hayot egasini ozgina boʻlsa ham eta ola biladilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Epi kelmoq
-
Otda yurishga epi kelib qolganday edi — endi ogʻmayapti ham, surilmayapti ham. S. Anorboyev, Mehr
Epini qilmoq
-
Nimaiki kerak boʻlsa aytishaversin. Bu orada epini qilolmasam, shahar bor, xoʻpmi? M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
-
Ahvolimiz sizga ravshan — Bir epini qilsa boʻladi. Oybek, Tanlangan asarlar
EP so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЭП so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ep so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar
Yangi so'zlar
- hijjalamoq
- chiabatta
- mo‘tadil
- generativ sun’iy intellekt
- Sun’iy intellekt kod agentlari (AI Code Agents)
- dron