entik
bilan ulashing
1.
-
Davlatyor qattiq entikib oldi: — Yoʻq, gaplashish juda qiyin. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Kumush koʻzini yumdi-da, entikib qoʻydi, A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Havo yetishmayotgandek qiynalib, tez-tez nafas olmoq, nafasi ogʻziga tiqilmoq.
-
Narimon uzoq joydan chopib kelgan odamday entikar, boʻgʻiq ovoz bilan gapirar, koʻzlari olazarak boʻlib, atrofga qarardi. P. Qodirov, Uch ildiz
-
Orqadan birovning boʻgʻiq nafasi, entikib hansiragani eshitildi. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
3. Juda ishtiyoqida boʻlmoq; orziqmoq.
-
Tezroq uyga yetib borib, Jamil Karimovich soʻzlarini eriga birma-bir aytib berishga entikardi. Mirmuhsin, Nuqra
-
Biz baʼzida xom-xatala sheʼr yozib gazetada bosib chiqarishga entikamiz. Gazetadan
-
Lekin u barq urib, mangu ochiladigan fursat qachon kelishini entikib kutardi. Shuhrat, Jannat qidirganlar
ENTIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЭНТИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
entik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar