dandon
bilan ulashing
1. kam qoʻll.ayn. Tish.
-
Ish yurishmasa, atala dandon sindirar. Maqol
-
Gʻam chekma, non boʻlib, yemoqqa dandon boʻlmasa, Chin musibat budir: dandon boʻlib, non boʻlmasa. Gazetadan
2. Fil tishi, fil suyagidan yasalgan.
-
Dandon (sopli) pichoq.
-
Tuyalarga oltin koʻzalar, dandon sopli poʻlat pichoqlar, oltin suvi bilan gul solingan egarlar, Hindiston dorivor-ziravorlari ortilgan edi. M. Osim, Elchilar
-
Saidqul pichoqni qinidan chiqardi. Dandon sopli oʻtkir tigʻ edi. M. M. Doʻst, Lolazor
3. Shimiladigan, qattiq konfet turi (qogʻozga oʻralmagan yoki oʻralgan boʻladi).
-
qizaloqlar yugurib kelishardi. Shakarxon pistali halvo, dandon sochardi. X. Toʻxtaboyev, Yillar va yoʻllar
DANDON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДАНДОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dandon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar