danak
bilan ulashing
1. Baʼzi etli mevalar (oʻrik, shaftoli va shu kabilar) ichidagi qattiq poʻchoq va magʻizdan iborat urugʻ.
-
Oʻrik danagi. Shaftoli danagi.
-
Tabiat oʻzi usta dehqon. Meʼyori bilan danak tashlagan, meʼyori bilan urugʻ sochgan. S. Anorboyev, Yoʻlda yoʻldosh boʻlganlar
-
Qarshida oʻriklar allaqachon danak qotirib qolgan, bu yoqlarda boʻlsa, endi gullayapti. S. Ahmad, Jimjitlik
2. koʻchma Bola, farzand.
-
Danagi shirin, danagidan magʻizi shirin. Qanotli soʻzlar
danak soʻzi qatnashgan jumlalar:
Shirin danak
-
Umid Hafizani eskimo va shirin danak bilan siyladi. Mirmuhsin, Umid
Boshida (yoki miyasida) danak chaqmoq kam. qoʻll. ayn. boshida yongʻoq chaqmoq
-
Bizga qulluq qilgan kambagʻal boshimizda danak chaqsinmi?. Poʻlat, Tanlangan asarlar
-
— O, Maston, — dedi Turgʻunoy, —
-
erim miyamda danak chaqsa ham, uyda oʻtirganim bir davlat edi. A. Qahhor, Asarlar
-
Boshda ikki bukilib, keyin miyamda danak chaqadiganidan shu tuzuk. I. Rahim, Ixlos
Danagini chaqmoq kam. qoʻll. ayn. magʻzini chaqmoq
-
Abduqodir ulugʻ xalq boshlagan azim harakat va kurash haqida chuqur ixlos va hayajon bilan gapirib, voqealarning danagini oʻz bilganicha chaqishga tirishar edi. Oybek, Nur qidirib
DANAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДАНАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
danak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar