damlog‘lik
bilan ulashing
1. Ichiga havo, gaz kiritib toʻldirilgan.
-
Damlogʻlik ballon.
2. Oʻz bugʻida pishib yetilishi uchun usti berkitilib, past olovga qoʻyilgan.
-
Damlogʻlik osh. Damlogʻlik choy.
-
— Qaynanang suyar ekan, palovxontoʻra damlogʻlik. Oybek, O.v. shabadalar.
-
Voy, ovorasi nimasi, poshshaxon, choyim damlogʻlik. J. Abdullaxonov, Toʻfon
3. Toʻsilgan, boʻgʻilgan (katta oqin suv haqida).
-
Paxtazorga keladigan suv kechadan beri damlogʻlik. Soʻzlashuvdan.
DAMLOG‘LIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДАМЛОҒЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
damlog‘lik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar