damla
bilan ulashing
1. Biror narsaning ichiga havo, gaz yubormoq; havo, gaz bilan toʻldirmoq.
-
Mashina ballonini damlamoq.
-
u [Sultonqul] oriq qoʻylarni olib, uyida yashirincha oʻsha qoʻyning orqa oyogʻidan teshib, velosiped nasosi bilan damlab, tarang qilib, xotiniga yetaklatib borib, boʻrdoqi deb sotar ekan. S. Abdulla, ʼ Soyalar
2. Oshqozon yoki ichakda ovqat hazm boʻlish jarayonida yel, gaz toʻplanmoq.
-
Qombaynga ilinmagan boshoqlarni mollar yeb, suv ichib, koʻpi damlab nobud boʻlib ketdi. S. Nurov, Narvoy
-
Yoʻq, qornim unchalik damlamaydi. Ha, gohi-gohida. N. Aminov, Qaltis harakat
3. Hovuri chiqmaydigan qilib bekitib, past olovda oʻz bugʻida pishirmoq, yetiltirmoq.
-
Palov damlamoq. Choy damlamoq.
-
Peshindan kechga qolmang. Men oshni damlab, sizni kutib oʻtiraman. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Nusratbek choy damlab kelib, choynakni stolning bir chetiga qoʻydi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
-
Kunning oʻrtalariga borib, kampirning oʻzi yaxshilab osh damladi. Mirmuhsin, Umid
4. Boʻgʻmoq, toʻsmoq.
-
Suv(ni) damlamoq.
-
Gʻoʻzaning egatidan suvni tortib, paxtani damlab qoʻyishgan shu kunlarda Bek akaning ayoli uyida betob yotgan Xosiyat xolaning oldida boʻldi. S. Nurov, Narvoy
DAMLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДАМЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
damla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan DAMLA so‘ziga berilgan ma’nolar
damla so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar