maqom
bilan ulashing
1. kitobiy Oʻrin, joy.
2. Martaba, mavqe.
-
Oliy maqomga erishmoq.
-
Bu uchinchi oilaga koʻchishda Anvarni eng xursand qilgan narsa maktabdagi bolalarning ozor berishlaridan qutulishi va domlaning asrandi oʻgʻli maqomini olishi boʻldi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
3. huquq Saylab qoʻyiladigan shaxslar, fuqarolar, davlat idoralari, tashkilot, muassasa, xalqaro tashkilotlarning meʼyoriy hujjat bilan rasmiylashtirilgan huquqiy holati.
-
Taʼsis hujjatlari toʻla-toʻkis va nuqsonsiz boʻlsa, diniy tashkilot davlat roʻyxatiga olinib, yuridik shaxs maqomiga ega boʻladi va qonun doirasida faoliyat yurita boshlaydi. Gazetadan
4. din. Tasavvufda har bir sufiy bosib oʻtishi lozim boʻlgan bosqichlardan biri yoki har biri (aksar manbalarda toʻrt maqom: shariat, tariqat, maʼrifat, haqiqat tilga olinadi).
MAQOM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МАҚОМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
maqom so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar