g‘araz
bilan ulashing
1. kam qoʻll. Shaxsiy manfaat; maqsad, niyat.
-
Buni koʻrib, Sidiqjonning qalbida bu juvonga nisbatan har qanday gʻarazdan xoli bir mehr uygʻondi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Yigitali bu munosabat tagida nima bor — biron gʻaraz, manfaat yoki shunchaki odamgarchilikmi — bilmasdi. D. Nuriy, Osmon ustuni
-
Bir necha kun yaxshigina yashadilar endi bilsak, qiz oʻlgurning gʻarazi boshqa ekan. Choʻlpon, Kecha va kunduz
2. Yomonlik koʻzda tutilgan maqsad, koʻrolmaslik munosabati.
-
Dastlab uning muomalalari Nuriga dagʻalroq koʻrinsa-da, keyincha unda hech qanday adovat, gʻaraz yoʻqligini, tabiati shunday keskinroq ekanini tushundi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Oʻzaro nizoning dard-u marazi Tinkamizni quritdi, xunoba qildi. Talashgan xonlarning kek-u gʻarazi Yetdi yurt boshiga — xaroba qildi. M. Shayxzoda
G‘ARAZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҒАРАЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
g‘araz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar