gerday
bilan ulashing
1. Viqor bilan koʻkragini kerib, qaddini rostlab yurmoq.
-
Barot polvon devday gerdayib turgan mingboshining yoniga bordi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Boyvachcha koʻchada, xalq orasida qanday boʻlsa, uy ichida ham shunday gerdaygan, zugʻumli edi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. koʻchma Ortiq darajada magʻrurlanmoq, manmanlik qilmoq, kerilmoq, kekkaymoq.
-
Maʼlumotim yetarli, deb gerdaygan kishi koʻp bilimlardan bebahra qoladi. R. Usmonov, Odobnoma
-
Gʻafur Gʻulomning bu gaplari, albatta, hozirgina kirib kelgan, aruzda toʻrttagina gʻazal yozib gerdayib yurgan kishiga ishora edi. Shukrullo, Saylanma
GERDAY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ГЕРДАЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
gerday so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar