gina
bilan ulashing
1. Biror kimsaga nisbatan dilda saqlangan xafalik, norozilik; kek.
-
Yaxshida gina boʻlmas. Maqol
-
Gina — adovatning qoʻshnisi. Maqol
-
[Husayn] Alisher, eski ginalarni unuting. Guliga boʻlgan muhabbatingiz tufayli, qadimiy doʻstlik iplarini uzmang. Uygʻun va I. Sulton, Alisher Navoiy
-
[ Muhabbat] Menga boʻlgan dilidagi ginasini sezdirmaslikka intilsa-da, koʻz qarashlarida istehzo uchqunlarini sezib turardim. . Nazir, Muhabbat
2. Shikoyat, arz-hol.
-
Aholiga maishiy xizmat koʻrsatish boshqarmasi rahbarlariga aytadigan ginalarimiz bor. Gazetadan
gina soʻzi qatnashgan jumlalar:
Gina qilmoq
-
Jahlimdan tushganimdan keyin, shunday tanamga oʻylab qarasam, bechora oʻrtogʻimdan gina qilishning hojati yoʻq ekan. A. Qahhor, Xotinlar
-
— Rahbar bilan soʻz urishtirib chakki qildingiz, otam, — deb toʻsatdan gina qildi Oyimxon. P. Tursun, Oʻqituvchi
GINA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ГИНА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
gina so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar