gurkira
bilan ulashing
1. Barq urib oʻsmoq, rivoj olmoq (koʻkat, oʻsimlik haqida).
-
Bahori bugʻdoyning gurkiragan payti.
-
Parvarish etilgan gʻoʻzalar ona sutiga miriqqan boladek gurkirab oʻsardi. Sh. Gʻulomov, Tashabbus
-
Kichkinagina yerda anvoyi mevalar gurkirab yashnab turadi. S. Siyoyev, Avaz
2. koʻchma Gullab-yashnamoq, taraqqiy etmoq.
-
Tilak baxsh aylasa qalblarga qanot, Unga parvoz bergan bilakdir oʻktam, Shular birligida gurkirar hayot, Shular birligida yasharar olam. E. Vohidov, Charogʻbon
3. koʻchma Hamma yoqni tutmoq, tarqamoq, anqimoq (hid haqida).
-
Qambar birdan qattiq kulib, Yoʻlchining yoniga yonboshladi. Ogʻzidan musallas hidi gurkirar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Qizigan tuproqning mayin isi gurkiradi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
GURKIRA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ГУРКИРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan GURKIRA so‘ziga berilgan ma’nolar
gurkira so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Keyingi 10 ta so‘z
gurkira so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar