guruh
bilan ulashing
1. Bir toʻp odam, toʻda.
-
Jangchilar kichik guruhlarga boʻlinib, qishloq oralab ketdilar. Oybek, Quyosh qoraymas
-
Bir guruh eski tanishlarim bilan suhbat qurdim. Sh. Rashidov, Yangi yer haqida soʻz
2. Maqsad, maslak, faoliyat va shu kabilar umumiyligi asosida shakllangan rasmiy yoki norasmiy jamoa.
-
Tekshiruvchilar guruhi. Ilmiy guruh.
3. Umumiy belgi, xususiyatga ega boʻlgan bir turdagi narsa, hodisalar majmui, turkumi.
-
Yulduzlar guruhi. Sutemizuvchilar guruhi.
4. Dars, mashgʻulot oʻtkazish maqsadida birlashtirilgan kishilar, talabalar boʻlinmasi, toʻpi.
-
Huquqiy bilimlarni oʻrganuvchilar guruhi. Birinchi kursning arab tilida tahsil oluvchi talabalar guruhi.
5. Tabaqa, toifa; daraja.
-
Ikkinchi guruh nogironi.
guruh soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qora guruhlar
-
Shunday qilib, xon boshchiligidagi qora guruhlar maʼrifatparvar Islomxoʻjadan oʻch oldilar. J. Sharipov, Xorazm
GURUH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ГУРУҲ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
guruh so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar