g‘arb
bilan ulashing
1. Dunyoning toʻrt tomonidan biri; sharqqa qarama-qarshi tomon, quyosh botadigan tomon; kunbotar.
-
Gʻarbdan esgan shamol.
-
Oftob gʻarbga yonboshlaganda, ikki yoʻlovchi dashtdan chiqib, tepalikka yoʻl oldi. A. Qahhor, Maston
2. Maʼlum bir obyekt, hudud, maydon, bino va shu kabilarning gʻarb tomoni, gʻarbiy qismi.
-
Oʻzbekistonning gʻarbi.
-
Otabek maydonda otini supurib egarlar ekan, maydonning gʻarbidagi xaroba uyning devoridan bir bosh koʻtarilib, unga qarab turar edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Jarning narigi tomoni bir tepadan iborat boʻlib, janub biqini maʼlum Chaqar suvi bilan, gʻarbi Boʻz-suv va Koʻkcha arigʻi bilan oʻralgan. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
3. so‘zlashuv tili Gʻarbiy. Yevropa, Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari.
-
Jannaning oʻzi gʻarbda tikilgan, koʻkrak choʻntagi ustiga lotin harfidan belgilar qoʻyilgan jelatka topib kelib, Umidga kiygizdi. Mirmuhsin, Umid
G‘ARB so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҒАРБ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
g‘arb so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar