hamyon
bilan ulashing
1. Asosan pul solib, yonda, choʻntakda olib yuriladigan xaltacha; karmon.
-
Meʼmor qoʻynidan hamyonini olib, ellik dinor sanab berdi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Sattorov choʻntagidan hamyon chiqardi. Koʻk ellik soʻmliklarni koʻrib, xolaning koʻzlari oʻynadi. Yu. Shomansur, Qora marvarid
-
Podshoh bir hamyon tilla berib, shahzodani yoʻlga solibdi. Ertaklar
2. koʻchma s.t. Choʻntak (pul solinadigan joy maʼnosida).
-
Oʻgʻrining katta-kichigi boʻlmaydi. Hamyondan oʻmargani bir soʻmmi, yuz soʻmmi, bari bir — kissavur. Gazetadan
3. koʻchma Kimsa ixtiyoridagi, unga tegishli pul, mablagʻ.
-
Hisobini bilmagan — hamyonidan ayriladi. Maqol
-
Oliy oʻquv yurtlarida esa ota-onaning mansabiga, hamyoniga qarab oʻqishga qabul qilish hollari ildiz otib ketgan edi. Mushtum
-
Poshsha xola jonini sugʻurganday, hamyonidan pul sarflab, katta toʻy qilib berdi. D. Nuriy, Osmon ustuni
hamyon soʻzi qatnashgan jumlalar:
Hamyon quruq
-
Puldorlar, albatta, noz-u neʼmat ichida, ammo hamyoni quruqlar-chi? Mushtum
Hamyon kasal
-
Buxoroda oʻqimoq uchun hamyonim kasal edi. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
HAMYON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҲАМЁН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
hamyon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar