ilon
bilan ulashing
1. Sudralib yuruvchi, oyoqsiz, tanasi ingichka va uzun, koʻzlari shaffof qovoqlar bilan qoplangan jonivor.
-
Boʻgʻma ilon. Zaharli ilon. Zaharsiz ilon. Koʻzoynakli ilon. Oq ilon. Suv ilon(i). Qora ilon.
-
Ilon chaqqan ola arqondan qoʻrqar. Maqol
2. Muchal yil hisobida oltinchi yil nomi; mor.
ilon soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ilon yili
Yer tagida (yoki ostida) ilon qimirlasa, bilmoq
-
Yer tagida ilon qimirlasa, biladigan bazzoz shahardagi hamma voqealar-dan xabardor edi. M. Osim, Oʻtror
-
Begoyim yer ostida ilon qimirlasa, biladigan quv xotin. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
Yotgan ilonni (boshini) qoʻzgʻamoq
Ilon izi
-
Ilon izi yoʻllar. Ilon izi chiziq.
-
Qizlar ichida hali toʻgʻri chokni ilon izi qilib tikuvchilar yoʻq emasdi. U. Nazarov, Zamon
-
Ilon izi boʻlib ketgan yolgʻizoyoq yoʻlni boʻron oqibati-da qum bosib qolgan edi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
Ilon poʻst tashlaydi(gan)
-
Gaplariga ilon poʻst tashlaydi.
-
— Oʻzingiz ham ilon poʻst tashlaydigan gap qildingiz-da, — dedi u xushomadgoʻylik qilib. I. Rahim, Ixlos
Ilon chiqqan
-
Oh, onaginang aylansin, uyimdan ilon chiqqan! Mushtumga yozadigan gap bor Mushtum
-
oʻsha voqeadan soʻng, onalar taʼbiricha, ilon chiqqan bu koʻchaga [Otabekning] birinchi kirishi, birinchi jasorati edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Ilonning yogʻini yalagan
-
Mirzakarimboy ilonning yogʻini yalagan odam edi: hamma boylar kabi ayyor, mugʻambir, puxta-pishiq Oybek, Tanlangan asarlar
ILON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИЛОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ilon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar