ishon
bilan ulashing
1. Haqiqat, chin deb bilmoq.
-
Soʻziga ishonmoq. Vaʼdasiga ishonmoq.
-
Bunday yaxshilikni har kim ham qila oladi, Safar aka shuning uchun mirzaboshining qilgan yaxshiligiga men ishondim. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Buning uchun yozuvchi oʻzi tasvirlayotgan voqeaga qattiq ishonishi kerak. S. Karomatov, Oltin qum
2. Ishonch bilan qaramoq, ishonch bogʻlamoq; pand bermaydi, deb bilmoq.
-
Bobur bu gal yana aldanmaslik uchun shahar ichidagi tarafdorlarining hech biriga xabar bermasdan, faqat oʻz kuchiga ishonib, tavakkal qilib keldi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Kuzning oʻzgaruvchan ob-havosiga koʻpda ishonib boʻlmaydi. Gazetadan
-
Shoir asr boshlarida yoʻq Yer yuzida tahqirlangan kishi qolmaydi, deb porloq kelajakka astoydil ishongan edi. Gazetadan
-
Hayot Gʻulomjonga ishonsa ham choh oldida turgan kishiday qoʻrqib, soʻradi: — Qayoqqa? M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
3. Umid bogʻlamoq, eʼtimod qilmoq; suyanmoq.
-
Qomatiga ishongan — qaddini bukib ketadi, Koʻpchilikka ishongan — maqsadiga yetadi. Maqol
-
Oyingning sendan umidi katta. Bor ishongani sen. Oʻ. Umarbekov, Odam boʻlish qiyin
-
Kumush va onasining birdan-bir ishonganlari yana Hasanalining oʻzi edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
ISHON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИШОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ishon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar