ishtaha
bilan ulashing
1. Ovqatlanishga uygʻongan yoqimli ishtiyoq (soʻlak va meʼda shirasi ajralishi bilan yuzaga keladi).
-
Yodgor sogʻayib, ishtahasi oxirgi dahadan turgan pilla qurtinikiday boʻlgan edi. S. Ayniy, Doxunda
-
[Salimboyvachcha] Ezilib pishgan yogʻli goʻshtni ishtaha bilan yeb, shishani yarimlatdi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. koʻchma Ishtiyoq, mayl, hafsala.
-
Oʻh-hoʻ, balli ishtahangga, shoshma, bu ham boʻlur tez. Oyga borib, oʻzing oyni ola qolgin, yaxshi qiz. M. Shayxzoda.
-
Lochinboyev yigit orqasidan jamoa raisi kirib kelishini zoʻr ishtaha bilan kutgan edi. H. Shams, Xarakteristika
ishtaha soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ishtahaga kirmoq
-
Ishtahaga kirdi-yu, kulcha yuziga rang yugurdi K. Yashin, Hamza
Ishtahani boʻgʻmoq (yoki oʻldirmoq, kesmoq)
-
Hayot esa boyagiday qiltomoq boʻlib oʻtiraverdi, toʻgʻrisi, bu noyob baxt uning ishtahasini boʻgʻib qoʻygan edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Gulnorning ham ishtahasi kesildi, ikki-uch qoshiq shoʻrva halqumidan bazoʻr oʻtdi. Oybek, Tanlangan asarlar.
Ishtaha(ni) ochmoq
-
Xalq tabobatida karam bargi ishtaha ochuvchi omil sifatida foydalanilgan. Gazetadan
Ishtahasi karnay
-
— Ishtaha karnayga oʻxshaydi, — dedi kulib Gʻozi, keyin ikki barmogʻi bilan tomogʻini siladi. I. Raxim, Ixlos
ISHTAHA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ИШТАҲА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ishtaha so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar